Знакомство с нами
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 367 – sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1966 yil 15 iyulda chiqqan 307-sonli buyrug‘i asosida Samarqand davlat arxitektura – qurilish instituti (SamDAQI) tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” PQ-416-son qaroriga asosan universitet maqomini oldi. Universitetda 4 ta fakultet (Arxitektura, Qurilish, Iqtisodiyot va boshqaruv, Madaniy me’ros obyektlarini asrash) hamda “Oliy ilm-fan maktabi” mavjud. 19 ta kafedra, 37 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, 14 ta magistratura mutaxassisligi mavjud.
Фотогалерея



