Знакомство с нами
Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali tashkil etilishi tarixi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 840-sonli qaroriga ko‘ra Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali tashkil etilgan. Filialda 2020-2021-o‘quv yilidan bakalavriat bosqichida 6 ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilinib o‘quv jarayonlari boshlandi. 2021-2022-o‘quv yilidan 9 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv jarayonlari boshlanib, 2022-2023-o‘quv yilida 60 nafar magistratura bosqichi mutaxassislari tayyorlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PQ-187-son qaroriga asosan, Filialga Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali maqomi berildi. 2024-2025-o‘quv yilida jami 2671 nafar talabalar tahsil olishmoqda. Undan bakalavriat bosqichining kunduzgi ta'lim shaklida 852 nafar, kechki ta'lim shaklida 323 nafar, sirtqi ta'lim shaklida 1466 nafar talabalar tahsil olishayotgan bo‘lsa, 30 nafar talaba magistratura mutaxassisliklarida ta'lim jarayonlarini davom ettirmoqda. Filialda ta'lim jarayonlari 2 ta hududda joylashgan o‘quv binolarda olib borilmoqda. Jumladan Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan sobiq Toshkent transport kolleji binosida Texnologiyalar hamda Iqtisodiyot fakultetlari joylashgan bo‘lib, 445 nafar talaba kunduzgi va 337 nafar talaba kechki ta’lim shakllarida tahsil olmoqda. Shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida joylashgan sobiq Agroservis kasb-hunar kolleji binosida Veterinariya medisinasi fakulteti hamda Sirtqi bo‘lim joylashgan bo‘lib, 409 nafar talaba kunduzgi ta’lim shaklida, 1475 nafar talaba sirtqi ta’lim shaklida tahsil olmoqda. 2023-2024-o‘quv yilida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida veterinariya meditsinasi yo‘nalishida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari orasida ilk marta bakalavriat 3-4-bosqich talabalari o‘rtasida “Competence” amaliy keyslar chempionati tashkil qildi. Bu tadbir talabalar uchun o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda sinovdan o‘tkazish va ularning malakalarini yanada takomillashtirishga imkon berdi. Talabalar amaliy keyslar chempionatda o‘qish davomida orttirgan tajribalarini namoyish qilib, ish beruvchilarning talablariga mos keluvchi mutaxassis sifatida shaklanganliklarini namoyon qildilar. Filialda “Competence” amaliy keyslar chempionati o‘tkaziliashi talabalarining kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini oshirib, ularning ishlab chiqarish jarayoniga tez moslashishiga yordam berdi. Ish beruvchi veterinariya klinikalari, hayvonlar parvarishi korxonalari, qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq davlat va xususiy tashkilotlar, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalarining rahbarlari bilan o‘tkazilgan bunday tadbirlar ta’limning amaliy tomonini kuchaytirishga katta hissani qo‘shdi.
Фотогалерея



