Biz bilan tanishish
Geologiya fanlari universiteti – jahon iqtisodiyotining globallashuvi chaqiriqlariga va O‘zbekiston Respublikasining sanoat-innovatsion rivojlanish vazifalariga javob beruvchi yangi formatdagi ilmiy-ta’lim klasteridir. GFU - bu geologiya sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun respublikaning davlat geologiya qo‘mitasi, tog‘-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradigan ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurti va ilmiy-tadqiqot muassasasidir. Universitet geologiya tadqiqotlari, yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini yana-da rivojlantirish bo‘yicha samarali faoliyatni yo‘lga qo‘ygan holda ilg‘or ilmiy-texnik baza bo‘lgan Geo-Innovatsion texnologiyalar markazini tashkil etdi.
Фотогалерея


