Biz bilan tanishish
I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot universiteti) universitetining Toshkentdagi filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining respublikada neftgaz va neftgazkimyo sanoatida yuqori malakali, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish hamda oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2007-yilning 12-yanvardagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Filialning asosiy vazifasi - respublikaning neft va gaz tarmog’iga, I.M.Gubkin nomidagi RDNGUda qabul qilingan, umumxalqaro talablarga mos keluvchi ta’lim dasuri hamda O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari talablariga mos keluvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash. I.M.Gubkin nomidagi RDNGUni tamomlagan Filial bitiruvchilariga beriladigan diplom O’zbekiston Respublikasida oily ma’lumot to’g’risidagi hujjat sifatida tan olinadi. Universitet O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan barcha neft va gaz kompaniyalarida ishlayotgan bitiruvchilaridan haqli ravishda faxrlanadi. Bugungi kunda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universiteti zamonaviy innovasion oliy o’quv yurti hisoblanib, O’zbekiston Respublikasida oliy texnik ta’lim yetakchilaridan biridir.
Фотогалерея



