Описание должности
Sizdan talab qilinadi: — Yoshi 18 yosh va 30 yosh oralig'ida bo'lishi; — Rus tilini bilishi shart; — Ish tajribasiga ega bo'lsa afzal; — Tartiblilik, mas’uliyat va yuksak muomala madaniyati; — Kutilmagan vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qila olish; — Kompyuterda ishlash ko’nikmasi (Word, Excel, Telegram). Vazifalaringiz: — Filial rahbariyatiga kundalik va tashkiliy ishlarda ko’maklashish; — Kundalik texnik va ma’muriy jarayonlarni tartibga solish hamda nazorat qilish; — Jamoa, talabalar va ota-onalar bilan o’zaro koordinatsiyani ta’minlash; — Hujjatlar va hisobotlarni to’g’ri yuritish; — Berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida va mas’uliyat bilan bajarish. Bizning afzalliklarimiz: — Natijangizga qarab o’sib boruvchi maosh; — Ahil, zamonaviy va doimiy rivojlanishdagi jamoa; — Kelajakda rahbarlik va yuqori lavozimlarga ko’tarilish imkoniyati; — O'quv kurslarimiz uchun chegirmalar; — Yangi bilim va tajriba orttirish uchun qulay muhit.