Описание должности
Ingliz tili o‘qituvchisi (Filologiya yo‘nalishi). Chirchiq AIFU universiteti, Chirchiq filiali — xalqaro akademik standartlar asosida faoliyat yurituvchi zamonaviy va nufuzli oliy ta’lim muassasasi. 📍 Ish joyi: Chirchiq shahri Universitetimiz jamoasiga zamonaviy ta’lim metodlarini qo‘llay oladigan, mas’uliyatli va malakali ingliz tili o‘qituvchisini taklif etamiz. 📚 Asosiy vazifalar • Talabalarga ingliz tili fanidan yuqori saviyada dars o‘tish • O‘quv dasturi (syllabus) va metodik materiallarni ishlab chiqish • Talabalarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish • Zamonaviy pedagogik va interaktiv metodlardan foydalanish • Talabalarning bilimini baholash va monitoring qilish • Akademik yozuv hamda ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash • Zaruratga ko‘ra darslarni to‘liq ingliz tilida olib borish 🎯 Talablar • Filologiya, ingliz filologiyasi, lingvistika yoki turdosh yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot • Magistr darajasi (majburiy) • Oliy ta’lim muassasasida pedagogik tajriba • Ingliz tilini mukammal darajada bilish • IELTS sertifikati kamida 7.0 (majburiy) • Zamonaviy o‘qitish metodlari va texnologiyalarini bilish • Kuchli kommunikatsiya va taqdimot ko‘nikmalari • Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va professional yondashuv 💎 Sharoitlar 💰 Ish haqi: 6 700 000 so‘mdan 20 000 000 so‘mgacha (malaka va o‘quv yuklamasiga qarab) ➕ Universitet tomonidan 20% qo‘shimcha ustama ➕ Xorijiy tilda dars berish va xalqaro til sertifikati uchun 30% qo‘shimcha ustama • Zamonaviy akademik muhit • Professional rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati • Barqaror va uzoq muddatli hamkorlik