Biz bilan tanishish
University of Science and Technologies oʻz faoliyatini 2022-yil 27-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan 331658-sonli litsenziya asosida olib boradi. Bugungi kunda universitetda zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni qamrab olgan 18 ta bakalavriat va 6 ta magistratura dasturi faoliyat yuritmoqda. Universitet xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirib, AQSh, Xitoy, Belarus, Qatar va boshqa mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun almashinuv va amaliyot dasturlari bo‘yicha memorandumlar imzolamoqda. Bu esa talabalar uchun noyob tajriba orttirish va global miqyosda muvaffaqiyatli karyeraga tayyorgarlik ko‘rish imkonini yaratadi. University of Science and Technologies har bir talabaning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, sifatli ta’lim berish, zamonaviy infratuzilma va kasbiy rivojlanish uchun zaruriy sharoitlar yaratishga intiladi.
Фотогалерея



