"TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI" DAVLAT MUASSASASI

tsue.uz

Основан

13/08/1931

Локация

город Ташкент, Чиланзарский район, Beshyog`och, Islom Karimov ko`chasi, 49-uy

Знакомство с нами

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha respublikada tayanch oliy o‘quv yurti hisoblanib, 1931-yilning 13-avgustida sobiq Ittifoq xalq komissarlari kengashining qarori bilan O‘rta Osiyo moliya-iqtisod instituti sifatida tashkil topgan. Shu yilning 31-avgustidan Toshkent moliya-iqtisod instituti deb atalgan. 1931-yilning 31-avgusti Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining tashkil topgan kuni deb hisoblanadi. 1962-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 11-iyundagi 285-sonli buyrug‘i bilan Toshkent moliya-iqtisod instituti Toshkent Xalq xo‘jaligi institutiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-iyuldagi VII-217-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 19-iyuldagi 164-sonli qaroriga muvofiq, oliygohning iqtisodchi kadrlarni tayyorlashdagi qo‘lga kiritgan yutuqlari hamda ilmiy-pedagogik salohiyatini hisobga olib, Toshkent Xalq xo‘jaligi institutiga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti maqomi berilgan. Universitet Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tarkibiga kiritilgan. Universitet missiyasi - ilm-fan, taʼlim va innovatsiyalarni rivojlantirish orqali iqtisodiyot va insoniyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish, kelajak yetakchilarini tayyorlash. Missiyaning asosiy yo‘nalishlari: ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida iqtisodiyot muammolari yechimini ilmiy asoslab berish; iqtisodiyot tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh zamonaviy iqtisodiy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali kadrlar tayyorlash; mamlakatning barqaror rivojlanishida innovatsion texnologiyalar ishlab chiqish va joriy etishda faol ishtirok etish; barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun inson kapitalini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish; yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilg‘or tajribalari asosida doimiy rivojlanishni taʼminlash.