MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

samtuit.uz

Основан

02/06/2005

Локация

Самаркандская область, город Самарканд, Ibn Sino 2 uy

Знакомство с нами

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti Samarqand filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi "Axborot kommunikasiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 91-son qarori asosida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali tashkil etilib, filial tarkibiy tuzilmasida 2 ta fakultet “Kompyuter injiniringi” va "Telekommunikasiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti o‘z faoliyatini boshladi. Filialning “Kompyuter injiniringi” fakultetida 5 ta kafedra (“Axborot texnologiyalari”, “Kompyuter tizimlari”, “Dasturiy injiniring”, “Tabiiy fanlar”, “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedralari), “Telekommunikasiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakultetida 4 ta kafedra (Telekommunikasiya injiniringi, Raqamli va ta’lim texnologiyalari, Axborot xavfsizligi va Tillar kafedrasi) faoliyat ko‘rsatadi.