Знакомство с нами
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti — O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida pedagogik kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Institutning asosiy maqsadi — mamlakatimiz ta’lim sohasiga yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh pedagog mutaxassislarni yetishtirib berishdan iboratdir. Institutda: bakalavriat va magistratura bosqichlari bo‘yicha pedagogik yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlanadi; ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, ularning natijalari ta’lim jarayoniga tatbiq etiladi; talabalar uchun zamonaviy auditoriyalar, ilmiy laboratoriyalar, elektron kutubxona va resurs markazlari mavjud; ta’limda innovatsion metodlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va raqamli vositalardan samarali foydalaniladi. Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti o‘z faoliyati orqali pedagog kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va mamlakat ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Фотогалерея



