Biz bilan tanishish
TAQU, Yaratilgan yili: 2022 1991-yil 6-mayda Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimovning farmoni bilan Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutining arxitektura fakulteti, sanoat-qurilish fakulteti va qurilish fakulteti negizida Toshkent arxitektura-qurilish instituti tashkil etilgan. Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlar asosida transformatsiya qilish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish hamda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-416-son qarori bilan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilgan.
Фотогалерея


