Qarshi davlat universiteti

qarshidu.uz

Tashkil topgan

01/09/1945

Manzil

Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy

Biz bilan tanishish

Qarshi davlat universiteti ta’lim va tadqiqotga global yondashuvni qo‘llab quvvatlovchi Oʻzbekistondagi eng yirik va yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi. Universitetda ko‘p bosqichli ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatadigan ko‘p tarmoqli universitetdir. Hozirgi kunda universitetda 13 ta fakultet, 43 ta kafedra mavjud boʼlib, 70 ta bakalavriat, 29 ta magistratura va 26 ta doktorantura ixtisosliklari bor. Universitetda 8 ta ilmiy Kengash, 22 ta ilmiy-tadqiqot markaz, 6 ta ilmiy laboratoriya, 27 ta o‘quv laboratoriyalar mavjud.Qarshi davlat universiteti faoliyatida o‘tgan bir yil ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy va innovasion sohada qator yangilanishlar, ilmiy yutuqlarga erishish hamda xorijning eng ilg‘or tajribalarini o‘rganish, ularni milliy tajribalarga singdirgan holda fan va ta’lim sohasiga tadbiq etish davri bo‘ldi. 2021-yilda ilmiy innovasion sohada faoliyat samaradorligini oshirish uchun kafedralar kesimida tarmoq jadval shakllantirildi. 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar 207 ta (2020-yilda 18 ta) dissertasiya himoya qilinib 205 ta (2020-yilda 29 ta) ilmiy unvon olindi. Natijada, universitetning ilmiy salohiyati 28.2% dan 42.6% gacha o‘sdi. 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar mos 212 ta darslik (2020-yilda 3 ta), 484 ta o‘quv qo‘llanma (2020-yilda 12 ta) va 333 ta monografiya (2020-yilda 16 ta) nashr etildi. Web of Science va Scopus bazasidagi jurnallarda ilmiy maqolalar nashri yo‘lga qo‘yilib, 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar 280 ta maqola nashr etildi.

Контактные данные

https://maps.app.goo.gl/eczybvhu7bisyCKa7