Biz bilan tanishish
Japan Digital University (Yaponiya raqamli universiteti) - O'zbekiston hamda Yaponiya davlati o'rtasida ta'lim sohasidagi o'zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda keyingi bosqichga olib chiqish uchun asos solingan ta'lim dargohi. Bu yerda o'quvchilar yapon tilini tajribali yapon va o'zbek o'qituvchilaridan o'rganishadi shuningdek hozirda rivojlanib borayotgan IT sohasining zaruriy bilim, ko'nikmalarini egallashadi. O'quvchilarimiz Yaponiya kompaniyalarida ishlab, Yaponiya tajribalarini o'rganib yurtimiz rivoji uchun o'z hissalarini qo'shadigan mutaxassis bo'lib yetishishadi. Ushbu universitetni muvaffaqiyatli bitirgan talabalar Yaponiya hamda O'zbekistonda turli IT kompaniyalarida ishga joylashish uchun tavsiya beriladi hamda amaliy yordam beriladi.
Фотогалерея