MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

jbnuu.uz

Основан

23/07/2019

Локация

Jizzax viloyati Jizzax shahar Sh.Rashidov Shox ko'chasi 259 uy

Знакомство с нами

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarida faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3775-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 iyuldagi "Mirzo Ulugbek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialini tashkil etish to'g'risida"gi 563-sonli Qarori asosida hududda ta'lim tarbiya jarayonini psixologik qo'llab quvvatlash, soha mutaxassislarining psixologik bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish hamda yuqori malakali mutaxassislarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Hozirda filialda 2 ta "Psixologiya" va "Amaliy matematika" fakultetlari negizida 8 ta "Psixologiya", "O'zbek tili va Ijtimoiy fanlar", "Xorijiy tillar", "Amaliy matematika", "Iqtisodiyot va turizm ", "Kompyuter ilmlari va dasturlash", "Axborot tizimlari va texnologiyalari", "Biotexnologiya" kafedralari faoliyat olib bormoqda. Filialda bugungi kunda 11 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, Rossiya federatsiyasining Qozon federal universiteti bilan hamkorlikda 3+1 qo'shma ta'lim dasturi asosida "Psixologiya" yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Контактные данные

https://yandex.uz/maps/21606/jizzakh/?ll=67.821024%2C40.139924&mode=poi&poi%5Bpoint%5D=67.821024%2C40.139924&poi%5Buri%5D=ymapsbm1%3A%2F%2Forg%3Foid%3D234662906277&z=17