Biz bilan tanishish
Namangan davlat texnika universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24-yanvardagi PQ-23 son qarori bilan Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan to‘qimachilik sanoati instituti negizida tashkil etilgan. Universitetda hozirda 11273 talaba o‘rin quvvati va 21 ta o‘quv binosi, 5 ta faollar zali, 5 ta sport zali, 4 ta yozgi sport inshooti, 7 ta oshxona, 6 ta talabalar turar joyi mavjud. Bugungi kunda 9 ta fakultet (Muhandislik-axborot, texnologiyalari, Transport, Biznesni boshqarish, Iqtisodiyot, Qurilish, Texnologiya, Energetika, Mexanika, To‘qimachilik sanoati injineringi), 36 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda. 77 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida jami 19302 nafar talabalar ta’lim olmoqda. Ulardan kunduzgi ta’limda 7578 nafar, sirtqi ta’limda 11266 nafar, kechki ta’limda 223 nafar hamda 39 ta magistratura mutaxassisligida 235 nafar talabalarni tashkil etadi. O‘quv jarayoni 3 ta ta’lim shaklida tashkil etilib, shundan bakalavriat bosqichi bo‘yicha 66 ta kunduzgi, 28 ta sirtqi, 20 ta kechki ta’lim shakli yo‘nalishlari hamda magistratura bosqichi bo‘yicha 27 ta kunduzgi ta’lim shakli mutaxassisliklari hisoblanadi. Barcha ta’lim bosqichlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim jami kontingenti 7618 nafardan iboratligi va o‘quv o‘rinlari quvvati cheklanganligi hisobiga kunlik o‘quv jarayoni kunduzgi ta’limda 1-2-smenada tashkil etilgan. Universitetda jami 875 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 72 nafar fan doktorlari 365 nafar fan nomzodlari (PhD) tashkil etib Ilmiy salohiyat 56,5 foiz. Shuningdek Universitetda 6 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, 26 nafar xorijiy davlat fuqarolari ta’lim olmoqdalar. Universitet qoshida 2 ta akademik lisey faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shu bilan bir qatorda viloyatdagi 32 ta texnikumlar biriktirilgan. Universitetda 20 ta o‘quv binosi mavjud bo‘lib u 10 160 o‘ringa mo‘ljallangan 461 ta o‘quv xonalari, 70 dan ortiq ilmiy va o‘quv laboratoriyalari, 1520 o‘rinli 26 ta kompyuterlashtirilgan xona, 1200 o‘ringa mo‘ljallangan 6 ta faollar zalidan tashkil topgan. Shu bilan birgalikda 450 mingdan ortiq kitob fondiga ega 5 ta kutubxona va 7 ta sport zal hamda 4 ta ochiq sport maydonlari faolit olib bormoqda. Universitetda 5 ta talabalar turar joyi va ularda 1980 o‘ringa ega. Namangan davlat texnika universiteti xalqaro hamkorlik orqali global ta’lim maydonida faol ishtirok etadi. Bugungi kunda universitetimiz Jazoir, Buyuk Britaniya, Chexiya, Italiya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Belorussiya, Polsha, Ispaniya, Janubiy Koreya, Malayziya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi 19 ta davlatning 87 ta oliy ta’lim muassasasi bilan amaldagi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Фотогалерея


