Biz bilan tanishish
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-oktabrdagi qaroriga asosan Orolbo‘yi aholisining yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish va salomatligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-fevraldagi 4598-sonli “Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan (https://lex.uz/docs/4735411) ToshPTI Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti (QTI) ga aylantirildi. 33 yil davomida institut dunyoning 10 dan ortiq mamlakatlarida ishlovchi 4000 dan ortiq bitiruvchilar va 800 dan ortiq klinik stajyorlarni tayyorladi. Talabalarimizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi, O‘zbekiston Shifokorlar assotsiatsiyasi stipendiyalari, Xalqaro Qizil Xoch jamiyatining oltin medali sovrindori, shuningdek, xalqaro turnir va anjumanlar g‘oliblari bo‘lgan.
Фотогалерея



