Знакомство с нами
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti - iqtisodiyotning qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Institut Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi 216-son qaroriga asosan, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali negizida tashkil etilgan. Institutda 2 ta fakultet (agrobiologiya, iqtisodiyot va boshqaruv), 5 ta tadqiqot markazlari, 8 ta kafedralar, 3 ta laboratoriya, ochiq va yopiq sport majmualari, tadqiqotlar olib borish uchun 50 gektar “Axborot maslaxat markazi” faoliyat yuritmoqda. Taʼlimning bakalavriatura (kunduzgi va sirtqi), magistratura hamda doktorantura shakllarida kadrlar tayyorlanadi. Bundan tashqari, Institutda AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Polsha, Latviya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning turli universitetlari bilan akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.
Фотогалерея



