Biz bilan tanishish
MFaktor Biznes Akademiyasi 2017-yilda Mamasaidov aka-ukalari tomonidan biznesdagi muvaffaqiyat va qiyinchiliklar haqida hikoya qiluvchi ta'lim loyihasi sifatida tashkil etilgan. Shundan so'ng MFaktor YouTube kanali ishga tushirildi va bugungi kunda unda 452 mingdan ortiq obunachi hamda millionlab doimiy tomoshabinlar mavjud. 2019-yildan boshlab loyiha tadbirkorlar uchun amaliy ta'lim kurslarini yo'lga qo'ydi. Shu kungacha 200 dan ortiq treninglar o'tkazilib, ularda 30 mingdan ortiq tinglovchilar ishtirok etdi. 2023-yil sentabr oyida kompaniya yangi auditoriya uchun o'z eshiklarini ochib, **MFaktor Biznes Maktabi**ni ishga tushirdi. Ushbu biznes maktabi yoshlarni biznes uchun zarur bo'lgan zamonaviy, amaliy va talab yuqori bo'lgan bilim hamda ko'nikmalar bilan ta'minlashni maqsad qilgan. Agar siz yosh, intiluvchan va o'z ustingizda ishlashga tayyor bo'lsangiz, imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang!
Fotogalereya
Kontakt ma'lumotlari
...kompaniyasidan barcha bo'sh ish o'rinlari MFaktor
Зарплата по договоренности
E'lon qilingan: 2026-07-03
MFaktor
Toshkent
Ma'lumot mavjud emas
Опыт от 1 года до 1 лет
Ma'lumot mavjud emas