Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

https://gsbe.uz

Tashkil topgan

24/09/2020

Ishchilar

100

Manzil

Toshkent

Sanoat

Ta'lim

Biz bilan tanishish

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi – zamonaviy bilimlar, innovatsion yondashuvlar va xalqaro tajriba asosida malakali kadrlar tayyorlaydigan yetakchi ta’lim muassasasi hisoblanadi. Oliy biznes maktabi dastlab 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-aprel PQ-108-son qaroriga asosan Oliy biznes maktabi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida qayta tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabr 904-son qarorida Oliy biznes maktabining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, maqsadi va vazifalari belgilab berilgan. Oliy biznes maktabi iqtisodiy islohotlar va zamonaviy boshqaruv mexanizmini yo‘lga qo‘yishda ilmiy yondashuvlar hamda yangi fikrlashni joriy etishga yo‘naltirilgan. Missiya va qadriyatlar (values) Oliy biznes maktabining missiyasi – zamonaviy bilimlar, innovatsion yondashuv va xalqaro tajribaga asoslangan holda, raqamli transformatsiya va yashil iqtisodiyot sharoitida samarali ishlay oladigan yetakchi mutaxassislarni tayyorlashdir. Oliy biznes maktabi o‘z faoliyati davomida iqtisodiyotning rivojlanishiga hissa qo‘shadigan, yangicha fikrlaydigan, mas’uliyatli va tashabbuskor yetakchilarni shakllantirishga intiladi. Oliy biznes maktabi ta’lim sifatini ta’minlash, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ochiqlik va jamiyat bilan samarali muloqot kabi qadriyatlarga sodiq.

Kontakt ma'lumotlari

https://maps.app.goo.gl/pKdqYKZH2Ar85H5E8

Namoyish qilish uchun kompaniyalar ro'yxati mavjud emas