"ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI" DAVLAT MUASSASASI

tdtuof.uz

Основан

16/08/2017

Локация

Ташкентская область, город Алмалык, M.ULUG'BEK

Знакомство с нами

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyul №3153-son “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq filialda “Konchilik ishi va metallurgiya”, “Energetika va mashinasozlik” fakultetlari faoliyat boshladi. Bugungi kunda “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Konchilik elektr mexanikasi”, “Umumkasbiy va lqtisodiy fanlar” kafedralarini, Energetika va mashinasozlik fakulteti esa “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”, “Kimyoviy texnologiya”, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedralarini oʻz ichiga oladi. Ayni vaqtda kunduzgi boʻlimda “Mashinasozlik texnologiyalari”, “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”, “Kimyoviy texnologiya”, “Konchilik elektr mexanikasi” kabi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. SHuningdek, oliygohimizda kechki va sirtqi boʻlimlar ham tashkil etilib, ushbu boʻlimlarda 2003 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Albatta, bugungi kun talabidagi kadrlar tayyorlashni zamonaviy laboratoriya jihozlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Mazkur masalada TDTU Olmaliq filiali uchun xarid qilinishi yuzasidan 6 nomdagi, jumladan metallurgiya, elektrotexnika va elektronika asoslari, kimyoviy texnologiya, gelogiya, gidrologiya va gidrogelogiya, mashinasozlik hamda favqulodda holatlar xavfsizlgi, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi sohalariga oid oʻquv-laboratoriyalarini xarid qilingan. Filialda faoliyat olib borayotgan barcha professor-oʻqituvchilarning oʻz ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari mavjud boʻlib, ular belgilangan muddatlarda ilmiy maqola, oʻquv-uslubiy qoʻllanma va darsliklarni chop etib kelmoqda. Shuningdek, tadqiqot doirasidagi dissertatsiya himoyalarini muvaffaqiyatli oʻtkazishmoqda. Oʻtgan yilda to‘rt nafar professor-oʻqituvchi oʻz dissertatsiyalarini ana shunday muvaffaqiyat bilan himoya qilib, falsafa doktori(PhD) ilmiy darajalariga ega boʻlishdi. Joriy yilda esa yana toʻrt nafar professor oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari oxiriga etkazilib, dissertatsiya himoyalarini oʻtkazish asosiy maqsad sifatida belgilangan. Iste’dodli professor –oʻqituvchilarimizning har biri talaba-yoshlarning kamol topishi, jamiyatda munosib oʻrin egallashida bor bilim va tajribasini oʻrgatib, ma’nan boy avlodlar boʻlib ta’lim-tarbiya olishlarida beqiyos hissa qoʻshib kelmoqda. Bilamizki, ta’lim-tarbiya har bir davlatning nafaqat bugunida, balki ertasida ham muhim masala sanaladi. Shu boisdan, talaba yoshlarimizning dunyoqarashini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, respublikamizda olib borilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini toʻlaqonli tushuntirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik kabi illatlarga qarshi kurashish, oʻqish va darsdan boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish professor-oʻqituvchilarimizning doimiy e’tiboridadir.