Знакомство с нами
Ma’mun universiteti – Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Universitet qisqa vaqt ichida o‘zining sifatli ta’lim dasturlari, xalqaro hamkorliklari va innovatsion yondashuvlari bilan tanilib ulgurdi. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim platformalari va interaktiv metodlardan keng foydalaniladi. Ma’mun universitetida iqtisodiyot, filologiya, psixologiya, tarix, axborot texnologiyalari kabi turli yo‘nalishlarda bakalavriat va magistratura dasturlari taklif etiladi. Universitetning asosiy maqsadi – raqobatbardosh, mustaqil fikrlovchi, ijodkor va tashabbuskor kadrlarni tayyorlashdir. Shu boisdan, talabalar nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishadi. Xalqaro hamkorlik doirasida Yaponiya, Koreya, Turkiya, Yevropa va boshqa davlatlarning yetakchi universitetlari bilan qo‘shma dasturlar yo‘lga qo‘yilgan.
Фотогалерея



