Знакомство с нами
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 573-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Filial Toshkent-Zomin qulay transport yoʻnalishidagi sanoatlashgan Yangiyer shahri markazining aholi yashash qismida joylashgan. Hududi 12 gektar boʼlib, 1300 oʼrinli asosiy oʼquv binosi, bitta yopiq sport zali, 3 ta ochiq sport maydonlari, texnopark kopleksi hamda 400 oʼringa moʼljallangan talabalar turar joyini oʼz ichiga olgan. Filialda 1446 nafar kunduzgi va 1809 nafar sirtqi taʼlim shalkida bakalavriatura bosqichida talabalar tahsil olmoqda. Professor-oʻqituvchilari soni 123 nafar. Ulardan 36 nafari ilmiy darajali professor-oʻqituvchilar. Shundan, 11 nafari fan doktori, professorlar, 15 nafari fan nomzodi, dotsentlar va 10 nafari fanlardan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega xodimlar. Filial hududiga kirish va hududi zamonaviy elektron nazorat tizimi bilan toʼliq taʼminlangan. Hududda 10 ta Wi-Fi zonalar tashkil etilgan. Filialni toʻliq elektr taʼminoti bilan taʼminlaydigan 120 kVt quvvatga ega quyosh panellari oʼrnatilgan. Oʻ‘quv jarayonini Davlat taʼlim standartlari talablari asosida olib borish maqsadida 8 ta oʻquv-tajriba laboratoriyalari, jumladan, noorganik kimyo, analitik kimyo, organik kimyo, oziq-ovqat xavfsizligi, fizika, don va don mahsulotlari, avtomatika va texnologik jarayonlar, dasturiy taʼminot xonalari tashkil etilgan. Book cafe va fondi 466 nomdagi 3049 nusxa bosma hamda 8000 dan ortiq elektron nusxadagi oʼquv, badiiy, ilmiy va boshqa adabiyotlardan iborat boʻlgan Axborot resurs markazi joylashagan. Birinchi qavatda inkubatsiya va akseleratsiya markazi mavjud boʻlib, tarkibida robototexnika, IT va soft injinering xonalari joylashgan. Bu yerda talabalar yoshlar va maktab oʻquvchilari ishtirokida elektron qurilmalar va dasturiy taʼminotlar yaratish yoʼlga qoʼyilgan.
Фотогалерея



