Servis-assistent

IPAK YO`LI BANK Toshkent Bakalavriat, O'rta ta'lim, Magistratura Без опыта работы To'liq kun

Lavozim tavsifi

Agar senga odamlar bilan muloqot qilish, murakkab narsani oddiy qilib tushuntirish va mijozlarga qulaylik yaratish yoqsa — bizda sen uchun ajoyib imkoniyat bor. Biz servis-assistentlar jamoasini kengaytiryapmiz va bank sohasida noldan o‘smoqchi bo‘lgan faol yigit-qizlarni izlayapmiz. Sendan kutiladigan vazifalar: — mijozlarga mobil ilova va onlayn-servislardan foydalanishni o‘rgatish; — bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berish; — filialda yuqori servis va g‘amxo‘rlik muhitini yaratish. Biz sendan kutamiz: — o‘zbek tilida erkin va ravon gapira olishni; — ochiqko‘ngil, muloyim va oson muloqotga kirisha olishni; — yangi ma’lumotni tez o‘zlashtirishni; — tajribasiz bo‘lsang ham — muammo emas, o‘rgatamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz taklif qilamiz: — barqaror ish jadvali 9:00–17:00, 5/2; — oylik daromad 3 000 000 dan 4 000 000 so‘mgacha; — bank filialida qulay ish joyi; — hurmat, yordam va rivojlanish muhiti mavjud jamoa. Agar bu o‘zingni ko‘rsatsa — rezyumeni i.egamberdiyeva@ipakyulibank.uz manziliga yubor. Seni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!

Lavozim talablari

  • O‘zbek tilini bilish

  • Oson muloqot qila olish

Bizda ishlashning ustunliklari

  • Haqiqiy karyera boshlanishi

Ushbu lavozim haqida

E'lon qilingan 01/12/2025
Oxirgi sanasi 02/01/2026
Ish turi To'liq kun
Bandlik turi To'liq stavka
Tillarni bilishi O`zbek tili, Rus tili
Ish haqqi От 3 000 000 - до 4 000 000 UZD

Kategoriyalar

Bank ishi

Zarur ko'nikmalar

Mojarolarni hal qilish Moslashuvchanlik Ko'p vazifalilik Taqdimot qilish ko'nikmalari Samarali muloqot

Qo'shimcha

O'rganishga tayyor Stajirovkaga tayyor